Qirg‘izistonda Afg‘onistonning anorli gazli ichimligini sotish taqiqlandi

Olam

image

Qirg‘izistonda Afg‘onistondan keladigan anor ekstraktili gazli ichimlik vositasini sotish taqiqlandi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi

Qayd etilishicha, Afg‘onistondan import qilinadigan Golden life (“Zolotaya jizn“) gazli ichimligi Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi savdo nuqtalaridan butunlay yig‘ishtirib olingan. Mamlakatning boshqa hududlarida ham bu ichimlik sotuvini cheklash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

“Tadbir Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi kasalliklarni oldini olish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti buyrug‘iga asosan olib borilmoqda”, deyiladi O‘sh hokimligi matbuot xizmati bayonotida.

Laboratoriya o‘rganishlari natijalariga ko‘ra, Golden life ichimligi E122 Azorubin kimyoviy bo‘yog‘ini o‘z ichiga oladi. Ushbu ingrediyent esa bolalarning faolligi va diqqat-e’tiboriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

“Chakana savdo tarmoqlari rahbarlariga ham ushbu mahsulotlarni sotishni taqiqlash to‘g‘risida buyruq berildi”, deyiladi Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, Golden life ichimligi Qirg‘izistondan tashqari Markaziy Osiyoning O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston kabi davlatlarida ham sotiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing