Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorlangan shaxslar qamoqqa olindi
Olam
−
29 noyabr 2021
8221Qirg‘izistonda Bishkekdagi Pervomayskiy tuman sudi hokimiyatni zo‘ravonlik bilan tortib olishga tayyorgarlik ko‘rgan gumonlanuvchilarni hibsga oldi. Bu haqda Respublika Oliy sudi matbuot xizmati xabar bergan.
“Bishkek shahar Pervomayskiy tuman sudining 2021 yil 27 noyabrdagi qarori bilan gumon qilinuvchi Bikitbek Jetigenovga nisbatan tergovga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi, ya’ni u 2022 yil 26 yanvarga qadar Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov izolyatorida saqlanadi”, degan matbuot xizmati vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ish bo‘yicha yana sakkiz nafar ayblanuvchiga nisbatan sud tomonidan xuddi shunday ehtiyot chorasi tanlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 noyabr kuni Qirg‘izistonda hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallab olishni rejalashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabar berildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir guruh shaxslar 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlardan so‘ng darhol mamlakatda provokatsiyalar uyushtirish va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishni, keyin esa hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishni rejalashtirgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bu guruh rahbariyati tarkibida parlament a’zolari va sobiq yuqori lavozimli amaldorlar bor.
LiveBarchasi