Qirg‘iziston va Tojikiston tinchlik bitimi imzoladi

Olam

image

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida chegaradagi vaziyatni barqarorlashtirish va ikki davlat o‘rtasida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha protokol imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) rahbari Qamchibek Tashiyev Tojikiston maxsus xizmati rahbari Saymo‘min Yatimov bilan muzokaralardan so‘ng ma’lum qildi, deb yozmoqda “Turmush” nashri.

Tinchlik bayonnomasi uchta punktni o‘z ichiga oladi:

•    qo‘shinlarni chegara chizig‘idan doimiy joylashtirish joylariga olib chiqish;
•    ikki davlat chegarasida faqat chegara otryadlarining mavjudligi;
•    chegara masalalarini hal etish jarayonini davom ettirish.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida mojaro

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegaradagi vaziyat 14 sentyabr kuni Botken viloyatidagi uchta uchastkada chegarachilar o‘rtasida otishma boshlanganidan keyin keskinlashdi. Tomonlar bir necha bor o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olganiga qaramay, kelishuvlar har safar muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Qirg‘iziston rasmiylari Tojikistonni chegaraga og‘ir harbiy texnikani tortib kelishda va Qirg‘iziston hududini o‘qqa tutishda “barcha mavjud arsenaldan” foydalanganlikda aybladi. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘qnashuv zonasidan 136 ming kishi evakuatsiya qilingani, Botken viloyatida favqulodda holat rejimi joriy etilganini haqida ma’lum qildi. 

Ayni paytda Tojikiston qirg‘iz kuchlarini Tojikiston chegarasidagi qator aholi punktlarini “og‘ir qurollardan” o‘qqa tutishda aybladi. Hozirda ikki davlat o‘t ochishni to‘xtatish va qo‘shinlarni chegara hududidan olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga amal qilmoqda.

Ikki davlat chegarasida 70 ga yaqin bahsli uchastkada belgi qo‘yilmagani sababli muntazam ravishda mojarolar chiqib turadi. Umuman olganda, 2022 yil iyul oyi holatiga ko‘ra, mamlakat chegaralarining 972 kilometridan 600 kilometrga yaqini kelishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing