Qirg‘iziston O‘zbekistonning emlanganlik sertifikatini tan oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari emlanganlik sertifikatlari o‘zaro tan oldi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati milliy darajada COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish borasida, shu jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirayotgan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni baholagan.

Shunga ko‘ra tomonlar davlatlarining hududini COVID-19 infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishidan yuqori darajada himoya qilish yuzasidan ko‘rilayotgan qat’iy va keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar muhimliligini ta’kidlab, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19 ga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o‘zaro tan olishga kelishib olgan.

Ushbu kelishuv joriy yilning 26 martidan kuchga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing