Qirg‘iziston Tojikistonga norozilik notasi topshirdi

Olam

image

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi bugun, 16 sentyabr kuni Tojikiston vakillariga ikki davlat chegarasida keskinlik kuchaygani munosabati bilan norozilik notasini topshirdi.

“2022 yil 16 sentyabr kuni vazirlik binosida tojik tomonining noqonuniy va buzg‘unchi harakatlari yuzasidan tojik tomoniga norozilik notasi topshirildi”, deyiladi Qirg‘iziston TIV matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston tomoni “barcha erishilgan kelishuvlarga qat’iy rioya qilishni, o‘t ochishni to‘xtatish va harbiy qismlarni olib chiqishni, shuningdek, chegara hududlarida vaziyatning keskinlashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatni yaratmaslikni talab qilgan”.

“Chegarada yuzaga keladigan barcha muammolar faqat siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal etilishi kerak”, deya xulosa qilgan respublika TIV.

Qirg‘iziston tomonining ma’lum qilishicha, bugun kuni ertalab Tojikiston Qirg‘iziston chegara otryadlarini Eki-Tosh, Chir-Dobo, Qum-Mozor, Kulundu, Maqsat, Jani-Jer va Orto-Bo‘z hududlarida, shuningdek, “Samarqandek” postida o‘qqa tuta boshlagan. Bishkekning xabar berishicha, otishmalarda 18 qirg‘iz askari yaralangan.

Ikki davlat chegarasida vaziyat 14 sentyabr kuni keskinlashgan. Qirg‘iziston tomonining ma’lum qilishicha, tojik chegarachilari chorshanba kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken tumanining Buloq-Bashi hududidagi chegara hududiga kirib, “jangovar pozitsiyalarini egallagan”. Qirg‘iziston harbiylarining hududni tark etish talabiga javoban Tojikiston chegarachilari o‘t ochgan, shundan so‘ng otishma boshlangan. Oradan bir necha soat o‘tib, Botken viloyatining Kak-Say va Paski-Ariq tumanlarida ham qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Kechqurun otishmalar to‘xtagan, qirg‘iz tomoni ikki nafar harbiy xizmatchi va uch nafar tinch aholi vakillari yaralangani haqida xabar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing