Qirg‘iziston Prezidentini olib ketayotgan kortej avariya bo‘ldi. Qurbon bor

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 4 iyun kuni Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida Prezident Sadir Japarovga hamrohlik qilgan avtomobil avtohalokatga uchradi. YTH oqibatida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining bir xodimi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Prezidentning o‘zi boshqa avtomobilda bo‘lgan va jarohat olmagan. Hodisa Ananevo qishlog‘i yaqinidagi yo‘lning bir qismida sodir bo‘lgan. Qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan yo‘lovchi avtomobili Prezident kortejidagi avtomobilga kelib urilgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan avtomobil haydovchisi mast bo‘lgan”, deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing