Qirg‘iziston parlamenti ikki oylik tanaffusdan so‘ng ishini qayta boshladi

Olam

image

Kecha, 31 avgust kuni Qirg‘iziston milliy parlamenti deputatlari deyarli ikki oylik tanaffusdan so‘ng o‘z ishini qayta boshladi. Bu haqda respublika oliy qonun chiqaruvchi organi matbuot kotibiga tyanib, TASS xabar berdi.

“Bugun Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi (Oliy Kengashi)ning navbatdagi sessiyasi boshlandi”, deydi matbuot kotibi.

Unga ko‘ra, parlament a’zolarini ish boshlangani bilan tabriklash uchun mamlakat Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov kelgan.

Qonunga muvofiq, Qirg‘iziston xalq deputatlari 1 iyuldan boshlab ikki oylik ta’tilga chiqqandi.

Shuningdek, iyul oyi oxirida Qirg‘iziston milliy parlamentining rasmiy sayti xakerlik hujumiga uchragan va uni qayta tiklash bo‘yicha texnik ishlar deyarli bir oy davom etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing