Qirg‘iziston koronavirusga qarshi emlashda muhim marrani zabt etdi

Olam

image

Qirg‘izistonda COVID-19 qarshi jamoaviy immunitet hosil bo‘lgani e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Jarkinbek Qosimbekov brifingda aytib o‘tdi.

“Biz COVID-19 bilan yashashga ko‘nikishimiz kerak, hozirga kelib mamlakatda jamoaviy immunitet shakllandi. Shifokorlar virusni davolash usullarini o‘rganishdi, davolanish uchun mablag‘ va dori vositalari yetarli”, degan u.

Ayni vaqtda epidemiologik vaziyat bo‘yicha xavotir yo‘qligini aytgan vazir zarurat tug‘ilsa, Qozog‘istondagidek qisman cheklovlarga o‘tilishini cho‘shimcha qilgan.

Qosimbekovning so‘zlariga ko‘ra, “jami 6,1 million doza vaksina xarid qilingan, shundan 3,5 million dozasi ishlatilgan, 267 ming dozasi hisobdan chiqarilgan, yaqin kelajakda COVAX dasturi doirasida Pfizer vaksinasining yana 100 ming dozasi yetkazib berilishi kutilmoqda. COVID-19 vaksinasining birinchi dozasini Qirg‘izistonning 1,5 million fuqarosi, ikkinchi dozasini esa 1,3 million kishi olgan. COVAX dasturi doirasida respublikaga 1,4 million dozadan ortiq dori vositalari kelib tushdi, 2,4 million doza respublika byudjeti hisobidan xarid qilindi, qariyb 2,3 million doza insonparvarlik yordami sifatida yetkazildi.

Qirg‘izistonda 2021 yilning 11 iyulida koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Mamlakatda Sputnik V, Sputnik layt, Pfizer, Sinopharm, SinoVac, AstraZeneca, QazVac preparatlari bilan emlanish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing