Migrantlar Rossiyada ommaviy mushtlashuv o‘tkazdi
Olam
−
08 Oktabr 2019
5347Kecha, 7 oktyabr kuni Rossiyaning Novosibirsk shahridagi Xilok bozori yaqinida Qirg‘iziston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda bugun, 8 oktyabr kuni Novosibirskdagi qirg‘iz diasporasi vakili Jarkinbay Toytukov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaro kecha, 7 oktyabr kuni soat 15:00 atrofida bo‘lgan. Dastlabki versiyaga ko‘ra, bunga Qirg‘izistonning bir necha fuqarosi sobiq vatandoshidan pul undirgan.
"U va uning odamlari bizning vatandoshlarimizni kaltaklashdi, tovlamachilik qilishdi va bozorda normal ishlashiga imkon bermadi", deydi Toytukov. Savdogarlar bu munosabatga toqat qilmadi va Qirg‘izistonda tug‘ilgan odamga tegishli bo‘lgan Infiniti avtomobilini yoqib yubordi. “Kecha voqea joyiga bizning konsulimiz yetib keldi. Ayni paytda vaziyat barqaror ”, dedi u.
Ommaviy mushtlashuvda 200 ga yaqin kishi ishtirok etgan, ulardan 50 nafari hibsga olingan.
Yetib kelgan uchastka inspektori havoga bir necha bor ogohlantiruvchi o‘q uzgan, shundan so‘ng u janjalni to‘xtatishni talab qilgan. biroq bu chora foyda bermagan.
Olingan ma’lumotlarga qaraganda, 5 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Ular rezina o‘qlar tufayli jarohat olgan.
LiveBarchasi