Qirg‘iziston elchisi KXSHT sabab Rossiya TIVga chaqirildi

Olam

image

Qirg‘izistonning Moskvadagi elchisi Gulnora Klara Samat kecha, 10 oktyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) harbiy mashg‘ulotlarida qatnashishdan bosh tortgani haqidagi xabarlar fonida elchi Rossiya TIVga chaqirilgan. Muhokama mavzularidan biri KXSHT doirasidagi o‘zaro munosabatlar ekani ko‘rsatilgan.

“Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama aloqalarga oid dolzarb masalalar, KXSHT bo‘yicha hamkorlik, shuningdek, MDH, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash va “Markaziy Osiyo+RF” sammiti doirasidagi yuqori va oliy darajadagi bo‘lg‘usi muzokaralar haqida ochiqcha suhbat bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi aloqalarning ittifoqchilik xususiyatiga sodiqligini tasdiqladi, buning dolzarbligi esa bugungi murakkab geosiyosiy muhit sharoitida oshib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi 10-14 oktyabr kunlari Serbiya, Suriya, Mo‘g‘uliston, Turkmaniston va O‘zbekistondan kuzatuvchilar ishtirokida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan KXSHT tinchlikparvar kuchlari ishtirokidagi “Mustahkam birodarlik-2022” mashg‘ulotlarini bekor qildi. O‘quv mashg‘ulotlari Issiqko‘l viloyatining Baliqchi shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing