Qirg‘iziston Bosh vazirligiga asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Qirg‘iziston parlamentida ko‘pchilik o‘ringa ega koalitsiya Hisob palatasi raisi Ulukbek Maripovni Bosh vazir lavozimiga ko‘rsatishni tasdiqladi. Bu haqda qonun chiqaruvchi organ matbuot xizmatiga asoslanib xabar berilgan. 

"Bugun parlament ko‘pchilik koalitsiyasi "Respublika-Ata Jurt" fraksiyasining Maripovni Bosh vazirlikka nomzod sifatida ko‘rsatish to‘g‘risidagi taklifini ma’qulladi", deyilgan matbuot xizmati xabarida. 

Takidlanishicha, koalitsiya Hukumat tarkibi va tuzilishi loyihalarini ham ma’qullagan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, koalitsiya yig‘ilishiga Maripov hech qanday dastursiz tashrif buyurgan. 

Eslatib o‘tamiz, 28 yanvar kuni Qirg‘izistonning saylangan Prezidenti Sadir Japarovning inauguratsiya marosimi o‘tkazilgan va o‘sha kundan e’tiboran u rasman Prezident lavozimida ish boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ulukbek Maripov

Baholaganlar

131

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar