Qirg‘iziston Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi
Jamiyat
−
08 mart 2023
7484Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi, Prezident Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumatining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashrif davomida mamlakatning turli hududlarida joylashgan qator sanoat va ilmiy-texnikaviy korxonalar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan. Masalan, Oqilbek Japarov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Asaka tumanida joylashgan “UzAutoMotors” AJ avtomobil ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurgan.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston Bosh vaziri O‘zbekiston oliy rahbariyati bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazilishi kutilmoqda. Shuningdek, u Jizzax viloyatining “Manas” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi etnik qirg‘izlar bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.
LiveBarchasi