Qirg‘iz-tojik mojarosiga chek qo‘yish bo‘yicha protokol imzolandi

Olam

image

Qirg‘iziston va Tojikiston chegaradagi mojaro va uning oqibatlarini tugatish to‘g‘risidagi protokolni imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi.

“Umid qilamanki, protokolning barcha bandlari amalga oshiriladi, qirg‘iz va tojik yerlariga tinchlik va totuvlik keladi”, deydi Tashiyev.

Qayd etilishicha, muzokaralar Botken viloyatidagi “Qizil-bel” nazorat-o‘tkazish punktida bo‘lib o‘tgan.

Unda Qirg‘iziston tomonidan Qamchibek Tashiyev, Prezidentning maxsus vakili Abdikarim Alimbayev va huquq-tartibot idoralari xodimlari qatnashgan. Tojikiston tomonidan esa Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Saymo‘min Yatimov, So‘g‘d viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzoda va huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etgan.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida mojaro

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegaradagi vaziyat 14 sentyabr kuni Botken viloyatidagi uchta uchastkada chegarachilar o‘rtasida otishma boshlanganidan keyin keskinlashdi. Tomonlar bir necha bor o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olganiga qaramay, kelishuvlar har safar muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Qirg‘iziston rasmiylari Tojikistonni chegaraga og‘ir harbiy texnikani tortib kelishda va Qirg‘iziston hududini o‘qqa tutishda “barcha mavjud arsenaldan” foydalanganlikda aybladi. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘qnashuv zonasidan 136 ming kishi evakuatsiya qilingani, Botken viloyatida favqulodda holat rejimi joriy etilganini haqida ma’lum qildi. 

Ayni paytda Tojikiston qirg‘iz kuchlarini Tojikiston chegarasidagi qator aholi punktlarini “og‘ir qurollardan” o‘qqa tutishda aybladi. Hozirda ikki davlat o‘t ochishni to‘xtatish va qo‘shinlarni chegara hududidan olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga amal qilmoqda. To‘qnashuvlarni yakunlash uchun Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari protokol imzoladi. Hujjat uchta bandni o‘z ichiga olgan.

Ikki davlat chegarasida 70 ga yaqin bahsli uchastkada belgi qo‘yilmagani sababli muntazam ravishda mojarolar chiqib turadi. Umuman olganda, 2022 yil iyul oyi holatiga ko‘ra, mamlakat chegaralarining 972 kilometridan 600 kilometrga yaqini kelishilgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing