Qimmatga tushgan xato: “Tolibon” Dushanbedagi elchixonaga qariyb $1 mln o‘tkazib yuborgan

Olam

image

Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan toliblar Afg‘onistonning Dushanbedagi elchixonasi hisobiga yanglishib 800 ming dollar o‘tkazib yuborgan. Afg‘oniston elchisi Muhammad Zohir Agbar bu mablag‘ ularga qaytarilmasligini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, davlat to‘ntarishi paytida Afg‘onistondan qochib ketgan Prezident Ashraf G‘ani hukmronligining so‘nggi kunlarida Afg‘onistonning Dushanbedagi elchixonasiga 786 ming dollar “xatolik” bilan o‘tkazilgan va hozirda “Tolibon” pullarni qaytarib berishni talab qilib xat jo‘natgan. 

“Tolibon”ning deyarli 800 ming dollar bo‘lgan ushbu mablag‘ni talab qilishga haqqi yo‘q, chunki Afg‘oniston elchixonasi Afg‘oniston Islom Respublikasining rasmiy diplomatik idorasi hisoblanadi va shuning uchun bu yerga turli miqdorda mablag‘lar kelib tushadi, ular haqida “Tolibon” savol berishga haqli emas”, degan elchi. 

U elchixona “Tolibon”ni tan olmasligini eslatgan. 

“Biz deyarli butun dunyo kabi “Tolibon”ni rasman tan olmaymiz va ular bizdan qonuniy hukumatning pullarini qaytarishimizni talab qiladigan kim bo‘libdi? Hozir biz (elchixona) kichik bir Afg‘onistonmiz, ko‘p sonli fuqarolarimiz shu yerda yashab, ishlaydi. Dushanbeda biz yordam bera oladigan 10 mingga yaqin afg‘onlar yashaydi va ishlaydi”, degan Agbar. 

Ma’lumot uchun, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi.   

Qayd etish kerakki, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, minglab afg‘onlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afg‘onistonda tarafdorlari ko‘pligiga shubha yo‘q, biroq ular hokimiyatga kelgach ko‘plab qiyinchiliklarga uchramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yo‘qotishlar katta.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

726

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing