Qibraydan Mirzo Ulug‘bek tumaniga qariyb 2,3 ming gektar yer o‘tkazildi
Jamiyat
−
22 noyabr 2021 8950 1 daqiqa
Toshkent viloyati Qibray tumanidan poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumaniga jami 2294,6 gektar shundan 1002,6 gektar qishloq ho‘jaligi yer maydonlari o‘tkazilgan. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Bundan tashqari quyidagi ob’ektlarning Mirzo Ulug‘bek tumaniga o‘tkazilishi ta’minlangan:
• Mahallar soni - 13 ta;
• Yakka tartibdagi turar joylar - 9137 ta;
• Noturar joylar - 428 ta;
• Maktablar - 2 ta;
• Maktabgacha ta’lim muassasalari - 4 ta;
• Diniy muassasalar - 1 ta;
• Qabristonlar - 2 ta;
• Tibbiy muassasalar - 1 ta.
Qibray tumanidan poytaxt tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani etib belgilanadi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28