Qibrayda “zapravka” yonib ketgani rostmi? FVV munosabat bildirdi
Jamiyat
−
07 dekabr 2022 7171 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi O‘nqo‘rg‘on AYOQSHda 6 dekabr kuni yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. FVV matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
“Kecha, 6 dekabr kuni soat 13:30 larda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shaxobchalaridan birining hududida elektr kabellarida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. FV bo‘limiga hech qanday xabar kelib tushmagan”, deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan. Vaziyat tuman Elektr tarmoqlari xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilardan birining videosi tarqalgan edi. Unda haydovchi AYOQSHda yong‘in chiqqani, navbatda turgan avtomobillar chiqib ketolmayotganini bayon etib, yong‘in chiqqan joyni ko‘rsatishga uringan.
Sohiba Komilovna
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust