Qibraydagi ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlash bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jamiyat
−
23 noyabr 2020
440621 noyabr kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi xonadonda gaz portlagani, oqibatda 2 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 23 noyabr kuni ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi o‘tkazgan tergovga qadar tekshirishda gaz chaqnashi yuz bergan uy yonida o‘rnatilgan yuqori bosimli gaz taqsimlash moslamasi (GTM)ga ulangan va yerostidan o‘tkazilgan polietilen gaz quvurining montaj ishlari o‘ta sifatsiz amalga oshirilganligi aniqlangan.
Buning oqibatida uyga yaqin oraliqdagi yer ostidagi polietilen gaz quvurining ulanish qismida yoriq yuzaga kelib, undan tabiiy gaz sizib chiqib, xonadon yerto‘lasida to‘plangani va o‘z navbatida gaz chaqnashi sodir bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 23 noyabr kuni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 258-moddasi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi