Qibrayda 2 gektar yerni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat
−
20 may 2021
6999Toshkent viloyati Qibray tumanida 2 gektar yerni 1 million dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro mazkur tumanning Salar shaharchasi hududidagi 2 gektar yer maydonini xaridorga 1 mln 10 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergov oldi surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, mazkur yer maydoni 2018 yil Qibray tumani hokimining tegishli qarori bilan qurilish materiallari ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun Toshkent shahrida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaroga ajratib berilgan bo‘lib, lekin bunga qadar ushbu manzilda birorta amaliy ish qilinmagan.
Hozirda mazkur yer egasini tergov harakatlariga jalb etish choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi