Qibray tumani hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2023
7312Toshkent viloyati Qibray tumani hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Qibray tumanida rahbar kadrlar tarkibini kuchaytirish va yangilash bo‘yicha Xalq deputatlari viloyat Kengashi maxsus ishchi guruhining tavsiyasiga, shuningdek, Qibray tumani hokimining farmoyishiga ko‘ra, yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan:
• Naipova Rahima Ma’murjon qizi — tuman hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i;
• Hamidov Kamoliddin Mahmudovich — tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari;
• Boymatov Farhod Odiljonovich — tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
• Xoliqov Farhod Xudoyberganovich — tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
• Hoshimov Akmalxo‘ja Isroil o‘g‘li — tuman hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimini egalladi.
Ma’lumot o‘rnida, Qibray tumaniga 2018 yildan beri rahbarlik qilib kelgan Mira’zam Qosimov 2023 yilning avgust oyi boshida Prezidentning Toshkent viloyatiga tashrifi vaqtida o‘tkazilgan videoselektorda ishdan olingandi.
Shuningdek, Toshkent viloyati Qibray tumani hokimi o‘rinbosarlari, hokimlikning boshqa barcha mutaxassislari vazifasidan bo‘shatildi. Bu haqda Zoyir Mirzayev xalq deputatlari Qibray tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 3 sentabrda Toir Alimatov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.