Qazilma boyliklarni qazib oluvchilarni soliqqa tortishning yangi tizimi ishlab chiqildi
Jamiyat
−
29 Oktabr 2021
3135Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasining “Yer qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solishni takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi.
Qonun loyihasining maqsadi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibini yanada takomillashtirish hisoblanadi. Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha tegishli huquqiy munosabatlar tartibga solinadi.
Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi moddalardan iborat, xususan:
1) foydali qazilmalarni qazib olish uchun maxsus renta solig‘i to‘lovchilari hisoblangan chet el investitsiyalari ishtorikidagi korxonalar soliq solish maqsadida soliq hisobini AQSH dollarida hisoblash usulida yuritish huquqini berish;
2) yangi neft va gaz quduqlarini, sanoat usulida foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki ikki yil davomida, keyingi uch yilda mazkur kuduklarga nisbatan belgilangan soliq stavkasining 50 foiziga kamaytirilgan stavkasini qo‘llash;
3) geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlari o‘tkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i solish ob’ekti hisoblanmasligi;
4) XVIII bo‘lim. “Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq” yangi tahrirda bayon etilmoqda hamda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish tartibini takomillashtirishni nazarda tutadi. Hususan quyidagilar:
a) soliq solish ob’ekti sifatida qazib olinadigan (ajratib olinadigan) foydali qazilmalar hajmini belgilash tartibi aniqlashtirilmoqda, bu yesa soliq solish ob’ektini kamaytiradi;
b) soliq solinadigan baza uchun uni belgilashning xususiyatlari joriy etilmoqda:
• neft va tabiiy gazni ishlab chiqarishda, ularni soliq to‘lovchining o‘zi qayta ishlagan holatda yoki qaytarish sharti asosida;
• Qimmatbaho metallar bozori London Assotsiatsiyasida yoki London metall birjasida kotirovka qilinadigan metallarning ayrim turlarini qazib olish (ajratib olish) paytida. Shu bilan birga, ushbu metallar uchun soliq bazasini o‘rtacha arifmetik birja bahosinidan kelib chiqqan holda hisoblash taklif etiladi;
v) yuridik shaxslar uchun soliq davri uchun joriy kalendar yil o‘rniga chorak etib belgilash taklif etiladi;
d) soliq hisobotlarini topshirishning oxirgi muddati – yuridik shaxslar uchun yil yakunlari asosida hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay belgilanadi, ya’ni 20-yanvargacha mos ravishda soliq ushbu muddatga qadar to‘lanadi.
5) Foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha maxsus renta solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini nazarda tutuvchi yangi “Foydali qazilmalarni qazib olishda maxsus renta solig‘i” XVIII1 bo‘limi bilan to‘ldirilmoqda.
Foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha maxsus renta solig‘i uglevodorodlar, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni yangi konlar uchun qazib olish (ajratib olish) bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun joriy etiladi (2021-yil 1-sentyabrdan keyin olingan litsenziya maydonlariga nisbatan).
Foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha maxsus renta solig‘ining joriy etilishi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning past stavkalari bilan birgalikda:
• investorlarga barcha kapital xarajatlari va investitsiyalar bo‘yicha talab etilgan daromadlilikni qoplash (qazib olish boshlanganidan yuqori soliq stavkalari qo‘llamagan holda);
• foydali qazilmalar miqdori kam bo‘lgan konlarning rivojlanishini ta’minlash (foydali qazilma boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini kamaytirib, ularning rentabelligini ta’minlash orqali).
Loyihaga ko‘ra, narxlarning oshishi va (yoki) rentabellikning oshishi tufayli olingan qo‘shimcha daromad davlat va investorlar o‘rtasida taqsimlanadi.
LiveBarchasi