Qayta tiklanuvchi energiyaning global quvvati rekord darajada o‘sdi

Olam

image

Dunyo bo‘yicha 2022 yilda qayta tiklanuvchi energiya zaxirasi rekord darajada o‘sdi, biroq iqlim isishini cheklash uchun joriy quvvat uch baravar oshirilishi kerak. Bu haqda Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya agentligi (IRENA) xabar berdi

Qayd etilishicha, o‘tgan yil qayta tiklanuvchi energiyaning global ishlab chiqarish quvvati 3372 gigavattni tashkil etgan hamda bu miqdor qayta tiklanuvchi energiya zaxirasini rekord darajada — 295 gigavattga yoki 9,6 foizga oshirgan. Shuningdek, 2022 yilda qo‘shilgan barcha quvvatning 83 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari tomonidan ishlab chiqarilgan. 

IRENA bosh direktori Franchesko La Kameraning aytishicha, davom etayotgan energiya inqirozi sharoitida 2022 yil qayta tiklanuvchi energiya quvvatining oshishi qayd etilgan. Shunga qaramay, 2030 yilga borib global isishni 1,5 darajaga cheklash uchun ushbu miqdor yana 3 baravarga oshirilishi zarur. 

O‘tgan yil davomida qo‘shilgan qayta tiklanuvchi energiya zaxiralarining deyarli yarmi Osiyo hissasiga to‘g‘ri keladi. Qit’a davlatlaridan Xitoy eng ko‘p qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqargan — 141 gigavatt.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qayta tiklanuvchi energiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar