Qayta tashkil etilgan tumanga IIB boshlig‘i tayinlandi
Jamiyat
−
25 Sentabr 2019 5335 1 daqiqa
Qoraqalpoiston Respublikasida qayta tashkil etilgan Bo‘zatov tumani Ichki ishlar bo‘limiga boshliq tayinlandi.
Podpolkovnik Ruslan Sultmmuratovich Turganboyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Bo‘zatov tumani 2004 yili Kegeyli va Chimboy tumanlariga biriktirilgan edi. Endilikda tumanni qayta tashkil etish orqali hududda mahalliy aholining ijtimoiy yashash sharoitlarini yaxshilash, hudud infratuzilmasini yo‘lga qo‘yish, chorvachilikni, tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari yaratilmoqda.
Avvalroq, Maxmud Tengelovich Qaypanov Bo‘zatov tumaniga hokim etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi