Qayta ochilgan Milliy bog‘dagi daraxtlarga zarar yetkazilgani aniqlandi 

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi qayta ochilgan Milliy bog‘ hududidagi daraxtlarga shikast yetkazilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vaziyatga munosabat bildirdi.

Ushbu holat yuzasidan ekologiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida ishchi guruh tuzilib, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi mas’ullari va mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar, bog‘ ma’muriyati ishtirokida joyiga chiqib tezkor o‘rganilgan. 

Hududdagi mavjud daraxtlar xatlovdan o‘tkazilganda ularning ayrimlariga qurilish-ta’mirlash ishlari oqibatida qisman shikast yetkazilgani aniqlangan.

“Qo‘mita huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va Botanika instituti ilmiy xodimlari jalb etilib, daraxtlarni parvarish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Ayni paytda Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlari tomonidan hududdagi qisman shikastlangan daraxtlarni agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlash ishlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Milliy bog‘ qayta ochildi. Joriy yilning 27 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bog‘da amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing