Qaysi viloyat aholisi koronavirusga qarshi eng ko‘p emlanmoqda?
Jamiyat
−
29 aprel 2021
4872Kecha, 28 aprel kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab jami 46 317 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 646 696 nafarga yetdi.
E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:
- Farg‘ona viloyatida 88320 nafar;
- Namangan viloyatida 66690 nafar;
- Samarqand viloyatida 63784 nafar;
- Andijon viloyatida 63012 nafarni tashkil qilmoqda.
28 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Farg‘ona viloyati (7446 nafar);
- Andijon viloyati (4986 nafar);
- Toshkent viloyati (4532 nafar);
- Namangan viloyati (4415 nafar);
- Surxondaryo viloyati (4138 nafar) band qildi.
Emlash jarayonlari davom etadi.
LiveBarchasi