Qaysi viloyat nosoz attraksionlar bo‘yicha yetakchi?

Jamiyat

image

Eng ko‘p talabga javob bermaydigan attraksionlar Andijon viloyatida aniqlandi. Bu haqda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xabarida so‘z boradi

Qayd etilishicha, 2019-2021-yillarda o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda jami 143 ta madaniyat va istirohat bog‘lari hamda 1879 ta attraksion mavjud.

Qo‘mita tomonidan mavjud attraksionlarning xavfsizlik talablariga javob berishi o‘rganilganida 582 ta nosoz, 738 ta ta’mirtalab va 175 ta qo‘lbola attraksion aniqlangan.

Texnik holati normativ talablarga javob bermaydigan attraksionlarning aksar qismi Andijon (241 ta), Namangan (229 ta), Farg‘ona (229 ta), Samarqand (145 ta) va Surxondaryo (137 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

“So‘nggi paytlarda attraksionlar bilan bog‘liq noxush holatlarning ko‘payishiga attraksion egalarining bepisandligi va ularni o‘rnatishda maxsus ixtisoslashgan tashkilotlarning jalb qilinmagani sabab bo‘lgan. Bugungi kunga kelib, ko‘rilgan choralar natijasida xavfsizlik talablariga javob beruvchi attraksionlar bo‘yicha ko‘rsatkich 20,5 foizdan 53,1 foizga yetdi.”, deyiladi xabarda.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing