Qaysi soha xodimlari eng ko‘p maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2022 yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi 3,72 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichlari bank, sug‘urta, lizing, kredit sohalariga to‘g‘ri kelgan. Mazkur sohalardagi o‘rtacha oylik ish haqqi 9,73 mln so‘mi tashkil etgan.

Keyingi o‘rinlarda esa axborot va aloqa sohasi (6,97 mln so‘m), shuningdek, tashish, saqlash sohasi (4,85 mln so‘m) va sanoat sohasi (4,70 mln so‘m) qayd etilgan.

Eng quyi pog‘onalarni esa ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlari egallagan. Ta’lim sohasidagi o‘rtacha oylik miqdori 2,59 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash va ijtimoy xizmatlar sohasida xodimlar 2,51 mln so‘m maosh oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3556

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing