Qaysi burj vakillari kechirim so‘rashni o‘zlariga or deb biladi?

Bu qiziq

image

Yozuvchi va astrologiya bo‘yicha mutaxassis Kristina Shenvald qaysi burj egalari kechirim so‘rashni yoqtirmasligi haqida gapirib o‘tdi. Bu to‘g‘risida “Your Tango” xabar bermoqda.

“Kim uzr so‘rashni zaiflik alomati sifatida ko‘rsa, u qattiq yanglishgan bo‘ladi. Mag‘rurlik yaxshi fazilat, lekin u birinchi o‘ringa chiqsa, bu sizning shaxsiy o‘sishingizga xalaqit berishi va munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, deya ta’kidlaydi u.

Kristinaning fikricha, qaysar odamlardan kechirim so‘rash, ayniqsa, qiyin. Chunki ular o‘z kuchlarini qadrlashadi. Ko‘p holatlarda, barcha ulardan uzr so‘rashi kerak, deb hisoblashadi va bunga qattiq ishonishadi.

Qovg‘a burji ostida tug‘ilganlar o‘z xatolarini tan olish va bu haqida gapirishni istamaydi, chunki bunga ularning g‘ururi yo‘l qo‘ymaydi. Bunday lahzalarda ular o‘zini "ikkinchi darajali" shaxs sifatida his qiladi. Bu esa ular uchun o‘ta yoqimsizdir.

Chayon burji sohiblari ham uzr so‘rashni o‘zlariga ep ko‘rmaydi. Kristina Shenvaldning fikricha, ular juda hissiyotli va sezgir bo‘ladi. Shuning uchun ular kimdir bu fazilatlaridan foydalanishni va kutilmaganda zarba berishini istamaydi. Ushbu burj ostida tug‘ilganlar har doim ayblovlardan qochish yo‘llarini topadi. Ular shunday yo‘l tutishadi-ki, buning uchun o‘zlari emas, balki birov aybdor bo‘lib qoladi.

Baliqlar uchun kechirim so‘rash, ular uchun yomon va dahshatli. Gap ularning kechirim so‘rashni istashmaganlarida emas, balki bu holat ularni himoyasiz vaziyatga solib qo‘yishidadir. Baliqlar uchun eng yaxshi himoya — barcha narsa o‘z-o‘zidan hal bo‘lishiga umid qilish: shunda hech kim azob chekmaydi, ayniqsa, ular.

Parizod burjida tug‘ilganlar o‘ta talabchang. Shuning uchun ular o‘z xatolari uchun ham uzr so‘rashni istamaydi. Garchi bu narsa ularga keyinchalik azob bersa ham.


Maqola muallifi

Teglar

burj

Baholaganlar

592

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar