Qaysi hududda xorijliklar bilan quda-anda bo‘lish ko‘proq uchrayapti?

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar – oktyabr oylarida 233 559 ta nikoh qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 10 oy davomida 233 559 ta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, shundan 1900 tasi xorijiy davlatlar fuqarolari o‘rtasida bo‘lgan.

Respublika fuqarolaridan 762 nafar erkaklar va 1138 nafar ayollar xorijiy davlatlar fuqarolari bilan nikohlangan.

Xorijiy davlatlar fuqarolari bilan qayd etilgan nikohlar soni hududlar kesimida:

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 41 ta;

•  Andijon viloyati – 146 ta;

•  Buxoro viloyati – 56 ta;

•  Jizzax viloyati – 36 ta;  

•  Qashqadaryo viloyati – 47 ta;

•  Navoiy viloyati – 37 ta;

•  Namangan viloyati – 63 ta;

•  Samarqand viloyati – 231 ta;

•  Surxondaryo viloyati – 99 ta;

•  Sirdaryo viloyati – 72 ta;

•  Toshkent viloyati – 266 ta;

•  Farg‘ona viloyati – 139 ta; 

•  Xorazm viloyati – 30 ta;

•  Toshkent shahri – 637  ta.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

303

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing