Qayroqqum suv ombori 15 yilda ilk bor muzlab qoldi
Olam
−
27 yanvar 2023 11562 1 daqiqa
Tojikistonning shimolida joylashgan Qayroqqum suv ombori muzlab qoldi. Bu haqda “Mir24” sayti xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bunday xodisa oxirgi marta 15 yil oldin sodir bo‘lgan. Odatda bu vaqtda Qayroqqum suv ombori qirg‘oqlarini to‘lqinlar yuvib turar edi. Hozir esa bu joy muzga aylangan. Havo harorati -5 darajagacha pasaygan. Ayozli kunlarda Tojikistonning baland tog‘laridagi deyarli barcha ko‘llar muzlab qolgan.

“Hisor shahri va Mo‘minobod tumani hududida muz ustida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani uchun 4 nafar bola halok bo‘ldi. Eng kattasi yetti yoshda edi. Bundan tashqari, o‘tgan kunlarda mamlakat hududida tosh qulashi qayd etilgan. Rushon tumani hududida bunday qorli ob-havo qor ko‘chkilari va toshlarning tushishiga olib keladi”, deydi Tojikiston hukumati huzuridagi fuqarolik mudofaasi Matbuot markazi rahbari Umeda Yusufiy.
Shuningdek, bu hududda yanvar oyi oxirida sezilarli isish kutilmoqda. Yanvar oyi Tojikistonda eng sovuq oy hisoblanadi. Oxirgi 10 yil ichida bu kunlarda o‘rtacha harorat 3-5 daraja iliq bo‘lgan.

Nurmuhammad Fayzullayev
Live
Barchasi