Qayerda, kim tomonidan zargarlik markazlari ochilishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2019-2020 yillarda hududlar kesimida zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish jadvali tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Jadvalga “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga tayyorlangan asoslangan takliflariga ko‘ra o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Jadvalni amalga oshirish doirasida:

• xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari bilan birga zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishdan sotishgacha bo‘lgan jarayonni to‘liq o‘z ichiga oluvchi zamonaviy zargarlik markazlarini sifatli va o‘z vaqtida tashkil etish bo‘yicha kompleks tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tarmoq jadvallarining ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini;

• zargarlik markazlarini asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 17 noyabrdagi PF-5242-son Farmoniga muvofiq tashkil etilayotgan hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarida, shuningdek, tegishli hududlarning turistik yo‘nalishlarida joylashtirishni;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birga foydalanilmayotgan bino va inshootlarni investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan tashabbuskorlarga zargarlik markazlarini tashkil etish uchun belgilangan tartibda “nol” xarid qiymatida sotilishini ta’minlaydi.

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, ular tomonidan jalb qilingan kreditlar yoki qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar zargarlik markazlari faoliyatini tashkil etish va ularni joylashtirish uchun binolar va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, shuningdek, zarur tashqi infratuzilmani o‘tkazish ishlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi zargarlik markazlarini qurishda loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan belgilangan tartibda o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlarining sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tegishli qurilish-arxitektura davlat nazorati o‘rnatilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi va Transport vazirligi tashkil etilayotgan zargarlik markazlari tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalarga belgilangan tartibda ulanishini ta’minlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

• “O‘zbekzargarsanoati” va “Hunarmand” uyushmalari bilan birgalikda zargarlik markazlarining respublikada o‘tkaziladigan xalq amaliy san’ati xalqaro festivallarida tizimli ravishda ishtirok etishini;


O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda tashabbuskorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoringni ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Zamonaviy zargarlik markazlari

Baholaganlar

18

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar