Qator bayramlarda dam olish kunlari kamida 3 kun etib belgilandi
Jamiyat
−
09 fevral 2021
10502“O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda qator bayramlarda ishlanmaydigan kunlar kamida 3 kun deb belgilandi.
Farmonga muvofiq:
Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi.
Shuningdek, ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi besh ish kunidan kam bo‘lmagan “oilaviy sayohat ta’tili” tizimi joriy qilinadi. Bunda, “oilaviy sayohat ta’tili” yillik asosiy ta’til hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.
LiveBarchasi