Qatar va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Qatar davlati aviatsiya idoralari delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qatar delegatsiyasining Respublikaga tashrifi O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida havo qatnoviga doir Hukumatlararo bitim tuzish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq.

Uchrashuvda Qatar fuqaro aviatsiyasi xizmati departamenti boshlig‘i Muhammad Faleh Alxajri O‘zbekistonning “ulkan sayyohlik salohiyati hamda boy tarixiy-madaniy merosga egaligi Qatar fuqarolarida yuqori qiziqish uyg‘otishini” ta’kidlab o‘tgan. 

Uning fikricha, O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim imzolanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish, sayyohlik va ishbilarmonlik almashinuvini jadallashtirilishiga xizmat qiladi.

“Qatar Airways”  departamenti rahbari Salam Al-Samarriy aviakompaniyaning O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish va Respublikaning mintaqaviy aeroportlarida joriy qilingan “ochiq osmon” rejimidan foydalanishga, jumladan, Fors ko‘rfazining boshqa mamlakatlaridan ham sayyohlarni jalb qilishga yuqori qiziqish bildirgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik bitim loyihasi yuzasidan mavjud masalalarni tezkor hal etilishi, imzolanishi hamda hamkorlikni rivojlantirish, turizm sohasida yangi loyihalarni amalga oshirishga doir muloqotni davom ettirishga kelishib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing