Qatar mundial antirekordini o‘rnatdi

Sport

image

Kecha, 20 noyabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida mezbonlar Ekvador terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Qatar terma jamoasi raqib darvozasiga birorta ham aniq zarba yo‘llamadi. Natijada Qatar Jahon chempionatining ochilish o‘yinida mag‘lubiyatga uchragan ilk mezbon jamoa sifatida tarixda qoldi. 

Shu o‘rinda Jahon chempionatlarida ilk o‘yinlar natijalarini eslatib o‘tamiz:
JCH–2018: Rossiya – Saudiya Arabistoni – 5:0;
JCH–2014: Braziliya – Xorvatiya – 3:1;
JCH–2010: Janubiy Afrika – Meksika – 1:1;
JCH–2006: Germaniya – Kosta-Rika – 4:2;
JCH–1970: Meksika – SSSR – 0:0;
JCH–1966: Angliya – Urugvay – 0:0;
JCH–1950: Braziliya – Meksika – 4:0.

Ta’kidlab o‘tish joiz, turnir 21 noyabr kuni Senegal – Niderlandiya uchrashuvi bilan boshlanishi kerak edi. Ammo mahalliy aholiga an’anaviy bayram qilib berish uchun uchun start oldinga surildi. 

Ma’lumot o‘rnida, Qatar o‘z tarixida ilk marta futbol bo‘yicha Jahon chempionatida qatnashmoqda.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing