Qatar Amiri bir vaqtning o‘zida 2 gigant klubga egalik qilmoqchi

Sport

image

Qatar Amiri, PSJ futbol klubi egasi Tamim bin Hamad al-Taniy “Manchester Yunayted”ni ham sotib olmoqchi va bir vaqtning o‘zida 2 gigant jamoaga egalik qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Sports.ru” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, UEFA qoidalariga binoan, bir musobaqada to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan klublarga bir kishi egalik qilishi uchun ruxsat berilmaydi. Masalan, Chempionlar ligasida bu holat yuz berishi mumkin. Biroq Qatar Amiri UEFA’ga yechim sifatida “Manchester Yunayted” va PSJ klublarini bir xil tashkilot hamda xodimlar boshqarmasligini ko‘rsatmoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, Yevropa ligasi ishtirok etayotgan klublar orasida ham bir tashkilotga tegishli bo‘lgan jamoalar mavjud. Masalan, “Zalsburg” va “Leypsig” klublarining har ikkisi ham bitta korporatsiyaga tegishli. 2018 yil Yevropa Ligasi doirasida ushbu klublar o‘zaro to‘qnash kelgan. Bu esa Qatar Amiri foydalanmoqchi bo‘lgan faktor hisoblanadi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing