Qatag‘on qurboni bo‘lgan 174 nafar shaxs oqlandi

3-sahifa

image

Bugun, 1 dekabr kuni O‘zbekiston Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi mustabid sovet tuzumi davrida qatag‘on qurboni bo‘lgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan 174 nafar shaxsga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

Kuni kecha Oliy sudga O‘rta Osiyoda va Qozog‘istondagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmalari Uchlik Kengashlarining maxsus yig‘ilishi qarorlariga ko‘ra, 1930-1931 yillarda hozirgi Surxondaryo, Buxoro, Samarqand va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida bosmachilik harakati a’zolari bo‘la turib, qurolli to‘da tuzib, sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qo‘zg‘olonlar hamda aksilinqilobiy bosmachilik harakatini amalga oshirganlikda ayblangan O‘zbekiston SSR fuqarolari bo‘lgan 174 nafar shaxsga oid 6 ta jinoyat ishi kelib tushib, ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

Bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan jinoyat ishlari yuzasidan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya protestini berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomalar hamda apellyatsiya tartibida protestlar keltirildi.

2023 yil 1 dekabr kuni ochiq sud majlislarida ushbu iltimosnomalar va protestlar ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi xamda Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha 174 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari buyicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining oqlov hukmlari chiqarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing