Qashqadaryoning yangi hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ulug‘bek Yo‘ldoshevich Uzoqov Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ulug‘bek Uzoqov 1969 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 

U Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi. 

Ma’lumot uchun, endilikda viloyat hokimining 2 nafar birinchi o‘rinbosari mavjud. Erkayev Nodir - viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 18 noyabr kuni 2019 yildan beri Qashqadaryo viloyatini boshqarib kelayotgan Zoyir Mirzayev lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Murod Azimov tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

572

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing