Qashqadaryoning tog‘li qishlog‘ida yog‘gan qor qariyb 1 metrga yetdi

Jamiyat

image

Shahrisabz tumanidagi “Ko‘l” qishlog‘ida yog‘gan qorning qalinligi 90 santimetrgacha yetdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Shahrisabz tumanining olis tog‘li hududida joylashgan qishloqda 5 kundan buyon qor yog‘moqda.

Qayd etilishicha, tuman hokimligi tomonidan yoqilg‘i zaxirasi shakllantirilib, qishloq aholisi tuman markazidan uzilib qolmasligi uchun yo‘llar maxsus texnikalar yordamida muntazam qordan tozalangan.

“Bu vaziyat aholining turmush tarziga salbiy ta’sir etayotgani yo‘q. Tuman hokimligining tashabbusi bilan aholining ehtiyojlari o‘rganilib, yetarli miqdorda arzonlashtirilgan ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berilgan. Ijtimoiy soha ob’ektlari ham barqaror ishlamoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing