Qashqadaryodagi YTHda IIB xodimi vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani markazida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgani, oqibatda “Jiguli” avtomobili achinarli ahvolga kelib qolgani aks etgan videolavha tarqaldi. Shuningdek, YTHda IIO xodimi halok bo‘lgani aytilgan. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 1 oktyabr kuni soat 09:40 atrofida Qarshi tumani hududidan o‘tgan 4R-90 “Qarshi-Beshkent-Kasbi-Pomuq” avtomobil yo‘lining 10-kilometrida 18 yoshli fuqaro (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) D.X. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt hamda 24 yoshli D.T. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ 2107” rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda, “VAZ 2107” rusumli avtomobil haydovchisi, xizmat vazifasini bajaryotgan profilaktika inspektori D.T. tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 25 yoshli Sh.H. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur YTH yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

289

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing