Qashqadaryodagi YTHda 8 kishi yonib ketganmidi? IIB tilga kirdi

3-sahifa

image

Avvalroq, Qashqadaryoda viloyati Muborak tumanida Spark hamda Gentra rusumli avtomobil yonib ketgani haqida xabar bergandik. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 15 avgust kuni  soat taxminan 22:30 larda xalqaro ahamiyatga molik A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau” avtomobil yo‘lining 105-kmda Muborak tumani Qoraqum qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan. 

Gentra rusumli avtomobil haydovchisi “Muborak-Koson” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Spark'ning old qismiga urilgan. 

Oqibatda Spark haydovchisi va avtomobilda yo‘lovchi sifatida kelayotgan bir nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan. Bir nafar yo‘lovchi esa tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. 

Gentra haydovchisi va ushbu avtomobil yo‘lovchi sifatida kelayotgan besh nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

608

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing