Qashqadaryodagi YTHda 8 kishi yonib ketgani aytilmoqda. IIB qurbonlar haqida ma’lumot bermayapti
3-sahifa
−
17 avgust 2022
11131Ijtimoiy tarmoqlarda Muborak tumanida Spark hamda Gentra rusumli avtomobil yonib ketgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
IIBning ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan o‘rganish yakuni bilan qo‘shimcha axborot beriladi.
Biroq boshqarma QALAMPIR.UZ’ning qurbonlar borasidagi so‘roviga javob bermayapti. Jinoyat ishi ochilgan moddaga ko‘ra, hodisada bittadan ko‘proq odam halok bo‘lgan. Ijtimoy tarmoqlarda 8 kishi o‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ma’lumot o‘rnida, Jinoyat kodeksining 266-moddasi transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘lishiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LiveBarchasi