Qashqadaryodagi paxsa devorli maktab filiallari o‘rniga yangi binolar quriladi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining turar joyga talab yuqori bo‘lgan hududlarida muhtoj aholi uchun 5 qavatli energiya tejamkor uylar quriladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi hayotini yaxshilash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektr yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish, avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Maktablarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun 2021 yilgi Investitsiya dasturi doirasida qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratilishi qayd etildi. Ushbu mablag‘lar hisobiga 88 ta maktabda qo‘shimcha imorat quriladi, 100 tadan ko‘prog‘i esa to‘liq jihozlanadi, paxsa devorli filiallar o‘rniga yangi binolar barpo etiladi.

Yig‘ilishda Qarshi shahridagi 42-maktab, shuningdek, tuman markazlaridagi bittadan shunday muassasa negizida axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktablar tashkil etish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida boshlangan islohotlarni samarali tashkil etish, ayniqsa, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash dolzarb masala ekani ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing