Qashqadaryodagi koloniyada mahkum millionlab qalbaki pul chiqarib sotgani aniqlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda mahkum 500 million so‘m qalbaki pul bosib chiqargani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi jazoni ijro etish manzil-koloniyasida mahkum G‘aybullayev qariyb yarim milliard so‘m qalbaki pulni bosib chiqargan.

Joriy yilning 12 oktyabr viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Koson tumanida yashovchi fuqaro Turdiyev 500 million so‘m qalbaki pulni 125 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgani aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayblanuvchi Turdiyev qalbaki pullarni jazoni o‘tayotgan mahkum G‘aybullayevdan olgan. Turdiyevga pulni  mahkumning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandi yetkazib bergan.

Mahkumning so‘zlariga ko‘ra, u qalbaki pullarni manzil koloniyada printer yordamida chiqargan. Ma’lum bo‘lishicha, uning ozodlikka chiqishi uchun 3 oy qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

805

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing