Qashqadaryodagi bog‘chaga yangi mudira tayinlanishi ortidan janjal kelib chiqdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi maktabgacha ta’lim muassasalardan birida o‘zaro nizo sabab sobiq bog‘cha mudirasi xushidan ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Joriy yilning 10 dekabr kuni soat taxminan 10:20 da Mirishkor tumanida 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tuman hokimligi tomonidan direktor tayinlash yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Shu munosabat bilan bog‘chaga “Jeynov” mahallasidan fuqarolar kelganda maktabgacha ta’lim tashkilotining sobiq direktori A.Sh.ning qon bosimi ko‘tarilib ketib, sog‘ligi yomonlashgan.

Ushbu jarayonda o‘rtadagi tushunmovchilik sabab fuqaro A.N. A.U.ni itarib yuborgan. Holat shu kunning o‘zida Mirishkor tuman IIB navbatchilik qismida qayd etilgan.

Ammo ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda sobiq mudiraning o‘g‘li va qizi bog‘cha mudiraligiga yangi nomzodni ota-onalar ko‘z o‘ngida shu ahvolga solgani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, hozirda Mirishkor tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

477

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing