Qashqadaryodagi hokimlar 10 kunga Toshkentga jo‘natildi. Endi ularning vazifasini kim bajaradi?
Jamiyat
−
17 yanvar 2021
14296Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev o‘rinbosarlari va 15 nafar hudud hokimi tibbiy ko‘rikdan o‘tish hamda davolanish maqsadida Toshkent shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, viloyat rahbari Zoir Mirzayev 17 yanvar, yakshanba kuni mas’ullarni Toshkent shahriga kuzatgan.
“Tarixda birinchi bor davolanish uchun ketyapsizlar. Demak, dam olishga boryapmanmi yoki davolanishga degan fikr hammada bo‘lishi kerak. Sizning salomatligingiz jamiyatga ham, oila a’zolaringizga ham kerak. Ertadan o‘rningizni vaqtincha yoshlar egallaydi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, xalqchil bo‘lishning birdan bir usuli — xalqning dard-u tashvishlari ichida bo‘lishdir. Yosh rahbarlar bilan bitta bo‘lsa-da, xalq dardiga yechim topsak ham, bu katta yutuqdir”, degan Zoir Mirzayev hokimlarni kuzatar ekan.
Ta’kidlanishicha, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari 10 kun davomida Toshkentda tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra davolanib, so‘ngra o‘z faoliyatini boshlaydi.
Avvalroq, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ham tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun ta’tilga chiqqani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi