Qashqadaryoda “zam hokim” va bozor rahbari kaltaklandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida bozor ko‘chirilishi ortidan fuqarolar va Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida mojaro kelib chiqqani aytilmoqda. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qamashi tumanidagi “Fayz” dehqon bozori atrofida joriy yilning 2 yanvar kuni soat 10:30 larda Qamashi tumani hokimining o‘rinbosari va bozor rahbari obodonlashtirish ishlarini nazorat qilayotgan edi. Bozor atrofiga beton ariq o‘rnatish maqsadida ekskavator ishlayotgan vaqtda fuqarolar sababsiz janjal chiqargan.

Janjal vaqtida fuqarolar Z.T. va N.B. hokim o‘rinbosarini qasddan bir necha marotaba urib, ekskavator mashinasi oynasini tosh bilan sindirgan. Shuningdek, bozor rahbariga tegishli Nexia 2 rusumli avtomashinaga zarar yetkazib, fuqarolarni faol qarshilik ko‘rsatishga jalb qilgan.

Voqea joyiga Qamashi tuman IIB xodimlari kelib, fuqarolarni tinchlantirib, jamoat tartibini saqlashga erishilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘lim tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik, hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing