Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
03 fevral 4944 1 daqiqa
Bugun, 3 fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yo‘l-patrul xizmatiga tegishli Tracker yonib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 13:40 da Shahrisabz shahar hududida Tracker rusumli 70/809VSF davlat raqam belgili avtomashinaning dvigatel qismidan yong‘in kelib chiqqan va qisqa muddatda bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.
Bildirilishicha, hozirda mas’ullar tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Gentra avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi