Qashqadaryoda YPX xodimining ishiga qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamaldi
3-sahifa
−
14 dekabr 2021
5151Qashqadaryoda yo‘l-patrul xizmati xodimining xizmat vazifasini bajarishiga qarshilik ko‘rsatgan fuqaroga sud tomonidan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyatning Chiroqchi tumani hududida tezlikni me’yoridan oshirgan transportlarni qayd etuvchi maxsus moslama bilan jihozlangan avtomobilda xizmat olib borgan YPX xodimiga haydovchi Sh.A. e’tiroz bildirgan. Oqibatda tortishuvli holat yuzaga kelgan.
“Vaziyat keskinlashib, atrofda fuqarolar to‘planganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Qashqadaryo viloyati IIB YHXB mas’ullari tomonidan tegishli hujjatlar to‘plandi va holat 13 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumani sudida o‘rganib chiqildi”, deyiladi xabarda.
Sud natijalariga ko‘ra, fuqaro Sh.A. O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 195-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi