Qashqadaryoda “Yoshlar – kelajagimiz” dasturida ajratilgan kredit talon-toroj qilindi
Jamiyat
−
26 fevral 2021
7956Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturi doirasida ajratilgan kredit mablag‘ini talon-toroj qilish holati fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi “D.” MCHJ rahbari va boshqalar oldindan til biriktirib, “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturi doirasida ishlab chiqarish uskunasini xarid qilish uchun ajratilgan 1,6 mlrd so‘m imtiyozli kreditni AQSH dollariga konvertatsiya qilish orqali xorij korxonasiga chiqargan.
Aslida, o‘rnatish xarajatlari bilan birga 66 000 AQSH dollari bo‘lgan qog‘oz ishlab chiqarish uskunasini, go‘yoki 200 850 AQSH dollariga xarid qilingani haqida hujjatlarni rasmiylashtirib, byudjetning 944 mln so‘m mablag‘ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi, 207-moddasi 1-qismi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi