Qashqadaryoda yer o‘pirilib tushdi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida joylashgan katta avtomobil yo‘li kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida o‘pirilib tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘pirilib tushgan yo‘l suratlari tarqaldi.

Qayd qilinishicha, mazkur voqea tumanning Oqrabot mahalla fuqarolar yig‘inida sodir bo‘lgan. Tog‘-adirliklardan iborat hududda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yer yumshab, asfalt qoplangan yo‘l o‘pirilib ketgan.

Guvohlarning aytishicha, bu vaqtda yo‘lning mazkur qismida mashinalar harakatlanmagan. Shu boisdan hech qanday texnik vositalar va odamlar jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qashqadaryoda kuchli sel natijasida ko‘prik qulab tushgani, shuningdek Oqrabotdan o‘tuvchi poyezd yo‘li ham cho‘kib, izdan chiqib ketgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

yog'ingarchilik

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing