Qashqadaryoda ukasini tiriklayin yoqib yuborgan akaga hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda ukasini sim bilan bog‘lab, tiriklayin yoqib yuborgan aka 15,5 yilga qamaldi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, mazkur ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida ko‘rib chiqilib, akaga 15,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 1 noyabr kuni soat 19:20 da G‘uzor tuman IIB navbatchilik qismiga “Pachkamar” MFY, Pachkamar qishlog‘idagi eski gips tosh konidan yoshi 30-35 larda bo‘lgan erkak jasadi topilgani haqida xabar kelib tushgan.

Shaxsi noma’lum murda oyoqlari juft qilingan holda to‘piq sohasi, son sohasi va ko‘krak sohasidan sim bilan ikkala qo‘llari orqaga qayrilib bog‘langan, kuyish jarohatidan vafot etgan holda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2 noyabr kuni G‘uzor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Tezkor-surishtiruv davomida shaxsi noma’lum murda G‘uzor tumani “Sovlig‘or” mahallasida yashovchi 38 yoshli E.A. ekani, ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaro esa uning 43 yoshli akasi E.K. ekani aniqlangan.

Marhum E.A. mast holda doimiy ravishda onasi S.D.ni uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, janjal qilib kelgan. 31 oktyabr kuni soat 14:00 da mast holda onasi bilan yana janjallashib, uni haqoratlab uydan chiqib ketganini eshitgan akaning jahli chiqqan. U ukasi shu qishloqdagi choyxonada sinfdoshlari bilan spirtli ichimlik ichib o‘tirganini bilib, choyxonaga borib, ukasini o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Gentra'da uyiga olib kelgan.

Bosh prokuratura aka ukasini urib, qo‘l va oyoqlarini sim bilan bog‘lab, shu kuni soat 22:00 da qasddan o‘ldirish maqsadida, o‘zining avtomashinasi yukxonasiga joylab, G‘uzor tumani Pachkamar qishlog‘idagi adirlikka olib borib, ustiga benzin sepib yoqib yuborgan va qasddan o‘ldirganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

755

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing